"Yosh Tadqiqotchi" ( Young Researcher - Молодой Исследователь ) jurnali har oyda bir marotaba elektron shaklda chop etiladigan milliy jurnal hisoblanadi. Jurnalda barcha yosh izlanuvchilar, talabalar, magistrlar, yosh professor va doktorantlar hamda o'rta ta'lim muassasalari hodimlari o'z ilmiy ishlarini chop qilishlari mumkin.

Jurnal faoliyatining asosiy maqsadi: Mamlakatimizdagi yosh izlanuvchilarini zamonaviy ilg‘or qarashlar bilan tanishtirish, ilmiy faoliyatlarini jonlantirish, davlat  ilmiy nufuzi va salohiyatini o‘stirish, turli innovatsion tadqiqotlarda ishtirok etishini kuchaytirish, tadqiqotlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirish va ularni keng ommaga yetkazish.

“Yosh Tadqiqotchi” jurnali quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tadqiqot natijalarini qamrab oladi:
  • Aniq fanlar
  • Tabiiy fanlar
  • Texnik fanlar
  • Pedagogik fanlar
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar
  • Falsafa fanlar
  • Filologiya
  • Iqtisodiy fanlar

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan berilgan № 1546 guvohnomasi bilan tasdiqlangan.

Har qanday hamkorllik uchun biz bilan bog'laning: 
Telegram: @SecondSun_Publisher